Seshanba, 14.05.2024, 00:30
WWW.BIZ.BIZ.UZ Universal Real Portal
Приветствую Вас Yangi | RSS

WwW.Biz.Biz.uZ
MINI-CHAT
200
OVOZ BERISH
Siz qayerdansiz?
Всего ответов: 503
HISOBLAGICH

Xozir Saytda: 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi: 0
Главная » 2011 » May » 4 » VEB SAYITLAR VA BILAGERLAR
15:52
VEB SAYITLAR VA BILAGERLAR

Veb saytlar Blog va
bloggerlar XX asr oxiri – XXI asr boshlarida insoniyat o'zining global rivojlanish davriga kirdi. Texnologiyalarning mislsiz rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarish qiyofasini sifatli darajada o'zgartirdi. Xozirgi zamonning ustuvor fenomenlari — globallashuv va axborotlashtirishning o'ziga xos xususiyati, ularning hamma yerga kira olishi, qit'a va mamlakat tanlamasligi va o'zaro aloqasi hisoblanadi. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlariga ijtimoiy rivojlanishning yangi bosqichi — axborot jamiyatiga o'tishiga yordam berdi. AKTning rivojlanishiga
bevosita xizmat
ko'rsatayotgan
sohalardan biri bu veb-
saytlar va bloglardir. Veb-
sayt va blog internetda axborotni muntazam
ravishda tartiblash,
saqlash, qayta ishlash,
uzatish bilan
xarakterlanadi. Boshqa
tomondan, jahon o'rgimchak to'rida
uzatish vositasi sifatida
qo'llaniladigan har
qanday kundalik ham
blog bo'lishi mumkin. Bundan atigi 12 yil
muqaddam 17 dekabrda
kompyuter sohasini
yaxshi o'zlashtirgan
amerikalik Jorn Barger
global tarmoqda o'zining http://
www.robotwisdom.com/ nomli sahifasini yaratdi
va unga internetdan
topgan yangiliklar,
qiziqarli voqealar va
hayot yo'lini kiritib bordi
hamda uni inglizcha "web” va "log” so'zlarini biriktirgan holda
"weblog”, ya'ni ‘‘voqea- hodisalarning
tarmoqdagi ro'yxati‘‘ deb e'lon qildi. Avvalo, ‘‘weblog” degan atama haqida. Eng
muhimi, internet
tarmog'i jadallik bilan
rivojlanib borayotgan bir
paytda, veb-resurs
hamda veblogni farqlash muhimdir. Internet
tarmog'ida ‘‘resurs” so'zining mazmuni – bu internet tarmog'idan joy
olgan, domen manziliga
ega bo'lgan va
ma'lumotlar bilan
boyitilgan, shuningdek,
bir qancha veb- sahifalarning yagona
to'plamini tashkil etgan
manbadir. Veblog esa
aynan internet
tarmog'ida resurslarning
yangi yo'nalishdagi veb xizmatlaridan biri
hisoblanadi va bu
atamani jahon axborot
to'ridagi vikipediya
materiallariga tayansak,
blog, ya'ni veblog – bu veb-saytlarning bir
turkumi hisoblanib, o'z
ichiga muntazam
ravishda maqolalar,
yozuvlar, yangiliklar,
tasvirlar hamda multimediya
ma'lumotlarini qamrab
oladi. Bloglar, asosan,
muayyan davr
mobaynida qisqa
ma'lumotlarni yoritib borishi bilan
xarakterlanadi. Blogga bir necha yillar
mualliflarning ichki
kechinmalari, oilaviy
hayoti, xobbilari, kasbi
to'g'risidagi ma'lumotlar
kiritib borilgan hamda unga oddiy kompyuter
kundaligi sifatida
qaralgan. Bugungi kunga
kelib esa blog nafaqat
foydalanuvchilarning o'z
fikrlarini ifodalash vositasi, balki yer
yuzining istalgan joyidan
ma'lumot oluvchi manba,
internetning bir bo'lagi
sifatida shakllandi. Ushbu
sohaning qisqa vaqt ichida ommalashib
ketishi so'nggi yillarda
internetda yangi soha
–"blogsphere” (blog sohasi)ning vujudga
kelishiga sabab bo'ldi.
Biroq yaratilayotgan
bloglarning hammasini
ham talab darajasida
deyish qiyin, chunki bloggerlar orasida bu
sohani kasbga aylantirib
olganlari kamchilikni
tashkil etadi. Blog
egalarining ko'pchiligi
oddiy internet foydalanuvchilar bo'lib,
ular uchun o'z
bloglaridagi ma'lumotlar
boshqa insonlarni
qiziqtirmasligi
ahamiyatsiz, ularning maqsadi o'z hayoti va
bo'lib o'tgan voqealarni
boshqa bir inson bilan
o'rtoqlashish, xolos. Blog
kundan-kunga
ommaviylashgani sayin o'zining dastlabki
xususiyatini yo'qotib,
kengayib bormoqda. Endi
unga kundalik yoki
davriy elektron matbuot
sifatida qarash noo'rin bo'ladi. Bloglar asosan shaxsiy,
korporativ, media
bloglarga va janr
jihatidan esa ta'lim,
turizm, siyosat, texnika,
moda, muhandislik, musiqa, xabar,
yangiliklar va boshqa
ko'plab turlarga ham
bo'linishi mumkin. Joriy yilning 1 oktyabr
holatiga ko'ra,
yurtimizda internetdan
foydalanuvchilar soni 2,6
millionta, ya'ni 1000
fuqaro hisobiga 93,5 foydalanuvchi to'g'ri
kelayotgan bo'lib,
internet tarmog'iga
ulanish xizmatini
ko'rsatuvchi xo'jalik
yurituvchi sub'ektlar soni 921ta, jamoa
maskanlarining soni esa
961tani tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizdagi davlat muassasalari, ishlab chiqaruvchilar, oliy o'quv yurtlari aksariyat qismining o'z veb- saytlari mavjud. Ularga har kuni yangi saytlar qo'shilib bormoqda. Shu sababli, mavjud saytlarga biz bevosita ommaviy axborot vositalari sifatida qarashimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida”gi qonuniga ko'ra ham veb- saytlar OAV deb hisoblanishi mumkin. Bunday umumiy tushuncha, albatta, bloglarni ham o'z ichiga qamrab oladi.
Категория: Kompyuter Masteri | Просмотров: 1948 | Добавил: megamedia | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

KIRISH
Seshanba
14.05.2024
00:30


Mehmon, BIZ SIZNI KO'RGANIMIZDAN XURSANMIZ RO'YXATDAN O'TING YOKI SAYTGA KIRING!

SAYTDA QIDIRISH
SMS JO'NATISH
Ucell Beeline MTS O'zbekiston PerFecTumMobile UzMobile

SMS SHERLAR

 SMS XAZILLAR

 SMS SEVGI SO'ZLARI

 SMS DO'STLIK

 SMS LATIFALAR

 SMS JONLI SHERLAR

 SMS MANTIQIY

 SMS MAQOL

 SMS SEVGI

 SMS SPORT XAZILLARI

 SMS TABRIK SHERLAR

 SMS TOPISHMOQLAR

 SMS STUDENT

 СМС НОВИЙ ГОД

 ЛЮБОВНИЕ СМС

 Прикольные смс

 СМС СТИХИ

BIZ BILAN ALOQA
Portal Prezidenti
Abdullox Abdurozzoqov
Агент@mail.rumegamedia.uz@mail.ru
(+99894) 681-92-78

Barcha xuquqlar ximoyalangan Abdullox Abdurozzoqov © 2024