Yakshanba, 19.05.2024, 10:37
WWW.BIZ.BIZ.UZ Universal Real Portal
Приветствую Вас Yangi | RSS

WwW.Biz.Biz.uZ
MINI-CHAT
200
OVOZ BERISH
Siz qayerdansiz?
Всего ответов: 503
HISOBLAGICH

Xozir Saytda: 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi: 0
Главная » 2011 » Aprel » 13 » “Yorqin cho‘qqi” (ingl. Light Peak) Bu kabel 1 soniyada 10 gigabaytgacha malumotlarni yetkaza oladi
16:42
“Yorqin cho‘qqi” (ingl. Light Peak) Bu kabel 1 soniyada 10 gigabaytgacha malumotlarni yetkaza oladi

Internet tarmog‘i optik tolali kabellardan tashkil topganini yaxshi bilamiz. Yana shu narsa aniqlanganki, fotonlar baytli ma'lumotlarni elektronlardan tezroq uzatadi. Tarmoqning ko‘ngildagidek faoliyat ko‘rsatishida avvalo kabel tolasi va fotonlar katta rol o‘ynaydi. Uzatilayotgan axborot ishonchliligi qaysidir ma'noda kabelning nimalardan tashkil topganiga bevosita bog‘liq. Vaholanki, qisqa masofalarga ma'lumotni mis kabellarda yetkazish hamon dolzarbligini yo‘qotgan emas: ham arzon, ham xizmat ko‘rsatish oson. Xo‘sh, muqobil takliflar bormi? Bu savolga Intel kompaniyasi ijobiy yechimi bilan javob qaytardi.


San-Fransiskoda Intel mutaxassislari uchun o‘tkazilgan xalqaro forumda kompaniya yangi turdagi optik kabel chiqarishini ma'lum qildi. Mis kabellar o‘rnini egallashi kutilayotgan bu optik kabellar yanada arzon bo‘lib, noutbuk, qattiq disk, telefon yoki uydagi kompyuterni ulashda qo‘llaniladi.

"Yorqin cho‘qqi” (ingl. Light Peak) deb nomlanayotgan bu kabel 1 soniyada 10 gigabaytgacha ma'lumotni bir qurilmadan boshqasiga yetkaza oladi. Buni Blu-ray videopleerdagi film namoyishiga tenglashtirish mumkin. Light Peak kabelining yakka tolasi turli toifadagi ma'lumotlarni birvarakayiga uzata oladi, demak, diskning rezerv nusxasini ham yaratish, qolaversa, shu paytning o‘zida o‘ta yuqori tiniqlikdagi videoni uzatish imkoniyatlari mavjud. Light Peak kabelining har ikki uchida ma'lumotlarni kodlovchi qurilmalar (elektron chiplar) o‘rnatiladi, ular ma'lumotlarni manziliga jo‘natish uchun o‘ziga xos saralash o‘tkazadi. Shuningdek, bu chiplar yoki mikrosxemalar kiruvchi signallarni kuchaytirishga xizmat qiladi.

"Bir qarashda bu kabellar yuqori texnologiyalarga ega emasdek ko‘rinishi mumkin, — deydi Janubiy Kaliforniya universitetining professori Alan Villner. — Biroq kremniy fotonikasi bozori juda ulkan va istiqbolli. Bu kabellar juda yuqori o‘tkazuvchanligi bilan meni lol qoldirdi. Vaqti kelib, foydalanuvchilar bu kabellar arzon va qulayligiga o‘zlari ham ishonch hosil qilishadi. Hech mubolag‘asiz, buni haqiqiy kashfiyot deyish mumkin”.

"Bizning optik texnologiyamiz asosiy platforma uchun mo‘ljallangan, — deya ta'kidlaydi Intelning Photonics laboratoriyasi direktori Mario Panitsiya. — Hozir ma'lumot uzatish tezligini 10 Gbit/soniya, keyinchalik 100 gigabaytgacha yetkazish ustida izlanishdamiz”.

Light Peak kabelini 100 metrgacha yetkazish mumkin ekan, har holda Intel muhandislarining bunga ishonchi komil.
Категория: Kompyuter Masteri | Просмотров: 863 | Добавил: megamedia | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

KIRISH
Yakshanba
19.05.2024
10:37


Mehmon, BIZ SIZNI KO'RGANIMIZDAN XURSANMIZ RO'YXATDAN O'TING YOKI SAYTGA KIRING!

SAYTDA QIDIRISH
SMS JO'NATISH
Ucell Beeline MTS O'zbekiston PerFecTumMobile UzMobile

SMS SHERLAR

 SMS XAZILLAR

 SMS SEVGI SO'ZLARI

 SMS DO'STLIK

 SMS LATIFALAR

 SMS JONLI SHERLAR

 SMS MANTIQIY

 SMS MAQOL

 SMS SEVGI

 SMS SPORT XAZILLARI

 SMS TABRIK SHERLAR

 SMS TOPISHMOQLAR

 SMS STUDENT

 СМС НОВИЙ ГОД

 ЛЮБОВНИЕ СМС

 Прикольные смс

 СМС СТИХИ

BIZ BILAN ALOQA
Portal Prezidenti
Abdullox Abdurozzoqov
Агент@mail.rumegamedia.uz@mail.ru
(+99894) 681-92-78

Barcha xuquqlar ximoyalangan Abdullox Abdurozzoqov © 2024