Singapurlik to‘qqiz yoshli bolakay — Lim Din Ven "Apple iPhone” smartfoni tarkibiga o‘ziga xos yangilik kiritish taklifi bilan chiqdi, deb ma’lumot tarqatdi "Reyters”. U ishlab chiqqan "Doodle Kids” dasturi grafik muharrirga ega bo‘lib, barmoqlar yordamida qurilma ekraniga rasm chizish imkonini beradi. Ushbu yangilikni "Apple iTunes App Store” elektron rastasidan qisqa muddat davomida 400 mingga yaqin foydalanuvchi sotib olgan.
Lim Din Ven "iPhone” ekraniga barmoqlar yordamida istalgan tasvirni chizish va uni shu yo‘l bilan o‘chirish imkonini beruvchi dasturini kichik yoshli "rassom” singillari uchun ishlab chiqqandi.
Ayni paytda to‘rtinchi sinfda o‘qiydigan bolakay oltita tilni bilishdan tashqari, ikki yoshidan boshlab kompyuterdan foydalanishni boshlagan.
Dastlabki muvaffaqiyatidan ruhlangan vundederkind hozirda "Invader Wars” o‘yinini yaratish ustida bosh qotirmoqda.