Mayli-da kimgadur yoqsa yoqmasa, Ularga qo'shilib yig'lasharmidik. Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa uchrasharmidik... Rayhon hidlaring yo'llarimga sep, Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqach. Yig'lamagin aybim nma deb, Aybining onang seni chiroyli to'qan. Menga bir tabasum hadye et,ey yor, Nur tomsin lablaring sohilaridan. O'zing ayt senday qiz, Yana qayda bor kipriklari uzun kokillaridan?... Iymanib yashama hayol pinjida, Yoyil, yayra, Jonim,o'rtanma g'amda. G'iybatlarga chida Tuhmatga chida, Sen bitasan, axir, yorug' olamda. Men esa oshig'in sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi. Sening yonindaham seni axtarib, Sening Yonindaham Seni kutguvchi. Ista tiz cho'kaman hozir oldingda, Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun. Barcha farishtalar sening qalbinda, Ijarada qizlar men uchun.. Biz baxtli bo'lamiz Xugo xohlasa, Xudo xohlamasa uchrasharmidik...
|