Mutaxassislar kishi chekishni tashlagandan keyin ham kashandalik paytida orttirgan saraton kasalligiga uchrash xavfini kamaytira olmasliklarini aniqladilar.
Organizm chekish davomida nikotinning bosqinchiligiga shunchalik ko‘nikadiki, DNKdagi molekulyar tekshiruvlarda kuzatilishicha, o‘pkada saratonga moyil zaiflik, hatto chekishdan mutlaqo voz kechilganda ham ortaveradi.
Bu dalil yillar davomida ilgari surib kelinayotgan, chekishni tashlagach, kishi salomatligi qayta tiklanadi, degan xulosaga qattiq zarba beradi.
G‘arbiy Yevropada chekishga qarshi aktsiyalar avj oldirilayotgan hozirgi vaqtda ingliz olimlarining yuqoridagi bayonoti ommaviy harakatlarga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi, chekuvchilarning umidsizlikka tushishiga olib kelishi mumkin. Biroq angliyalik hamkasblarining tadqiqotlarini bir vaqtning o‘zida janubiy koreyalik olimlar ham o‘z tadqiqotlari bilan e’tirof etishgani kashandalikka chek qo‘yish emas, uning oldini olishga katta e’tibor berilishi lozimligini ko‘rsatadi.