Kompyuter sichqoni yordamida bajariladigan barcha harakatlarni endi quruq stol ustidagi qo`l yordamida bajarish mumkin. Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, virtual sichqoncha nafaqat yo`lda asqotibgina qolmay, oddiy idoralarda ham insonning qo`l kaftlariga tushadigan yuklamani kamaytiradi, demakki, uzoq ishlash natijasida jaroxatlanishlarning oldini oladi. Koreyaning "Colluon" kompaniyasi yaratgan evoMouse uskunasi kuchukchanimi yoki mushukchanimi eslatuvchi mitti o`yinchoq ko`rinishida yasalgan. Ko`zlar o`rnida evoMousega infraqizil sensorlar o`rnatilgan bo`lib, ular stol ustidagi barmoqlar holatini kuzatadi. Inson evoMouse yordamida kursorni harakatlantirishi va turli buyruqlarni berishi, barmoqlarning stol ustidagi oddiy harakati bilan sahifalarni ochib-yopishi rasmlarni aylantirishi yoki kattalashtirishi mumkin. Va nihoyat, ko`rinmas sichqoncha qo`lyozma yozuvini kiritishga ham ko`maklashadi: uning yordamida foydalanuvchi stol ustidagi barmoqlari yordamida yozishi yoki chizishi mumkin.