Dushanba, 02.12.2024, 22:50
WWW.BIZ.BIZ.UZ Universal Real Portal
Приветствую Вас Yangi | RSS

WwW.Biz.Biz.uZ
MINI-CHAT
200
OVOZ BERISH
Siz qayerdansiz?
Всего ответов: 503
HISOBLAGICH

Xozir Saytda: 4
Mehmon 4
Foydalanuvchi: 0
Главная » 2011 » Mart » 19 » ORTIQ HAM ZOKIR HAM QAMALMAGAN!
16:57
ORTIQ HAM ZOKIR HAM QAMALMAGAN!
Handalak”chilarning konserti ko`ngildagidek o`tganidan so`ng, ular bilan suhbat qurdik. Alohida, alohida qilingan suhbatda alohida haqiqatlar ham oshkor etiladi. Demak, boshladik...



ZOKIR OCHILDIYЕV. CHIPTAGA TOPILMAGAN PUL, AVTOHALOKAT, 45 GЕKTAR YER VA NAZARBЕKOVNING KONSERTIDAGI GAP-SO’ZLAR HAQIDA...

Qiziqchi bo’lish

— Kulgu yo’lidan ketishimning asosiy sababi mashhur qiziqchimiz Rustam Hamroqulovning magnit lentalarining bizgacha yetib borgani bo’ldi. O’sha lentalarni qayta-qayta eshitaverganimdan keyin yod bo’lib qolib, o’zim ham ayrim davralarda aytadigan odat chiqardim. O’shanda beshinchi-oltinchi sinfda o’qirdim. Bora-bora to’ylarda qo’limga mikrafon berib, latifa aytishga majbur qila boshlashdi. Uydagilarim oldida aytolmasamda, to’ylardagi davralarda binoyidiek hazil-huzul qiladigan bo’ldim. Maktabni bitirish arafasida esa shu yo’ldan ketsam qanaqa bo’lar ekan, deb qiziqishimni bir-ikkita tanish insonlarga aytib ko’rganimda "bizning hududdan qiziqchi chiqmagan. Asli bu sohaning makoni vodiy. Qolaversa, avlodingda ham yo’q, shunaqa insonlar deb qaytarishga harakat qilishgan. Hatto, "kim bo’lsam ekan?” mavzusidagi inshonga ham ustimdan kulishlaridan qo’rqib, "shofyor” deb javob berganman. Ammo yuragimda aktyor bo’laman, san’at institutiga kiraman, degan niyat bor edi. Shu orada yurak yutib niyatlarimni ustozimiz Do’sanboy akaga aytdim. U kishi meni qo’llab-quvvatladi va hattoki otamni ko’ndirishni ham o’z zimmasiga oldi. Xullas, otamga maslahat solganida, agarda o’g’lim seni to’yingda chiqish qilib, hammani kuldirolsa, roziman. Bo’lmasa yo’q, degan shartni qo’yibdi. Bu javobni eshitganim zahoti ishga kirishdim. Axir bu men uchun eng katta imkoniyat edi. To’y kunigacha ustoz Rustam Hamroqulovning latifalaridan anchasini o’rgandim, qo’shimcha tarzda esa qishlog’imizdagi voqealarni ham hajv tarzda qo’shib, o’zim uchun ilk dastur tayyorladim. To’ydagi chiqishim juda ko’pchilikka ma’qul keldi va otam menga mayli o’g’lim, o’zingni bir sinab ko’r, deya shu sohadan borishimga ruxsat berdilar. Xursand edim, ammo qiziqchilikni tanlashga ham juda ko’rqardim. Eplay olamanmi, yo’qmi degan savol yosh boshimda tinmay aylanardi. Keyinchalik bir qarorga kelishimga yoshim ulg’ayib qolganidan keyin, armon bo’lib qolmasin, hozir bir urinib ko’raychi, degan fikr sabab bo’lgan. So’ng tavakkal deya ishga kirishdim.

Yo’qchilik

— Dadamning imtihonidan so’ng san’at institutining ham imtihonidan o’tib talabaga aylandim. Qarabsizki, urinishlarim asta-sekin samara bera boshladi. Institutni tamomlaganimizdan keyin to’qqiz kursdosh Samarqand viloyat drama va musiqa teatriga ishga yuborildik. Bu orada uylanib ham oldim. Ish faoliyatim davom etar ekan, birinchi qizim dunyoga keldi. Qarabsizki, teatrda oylik maoshga qaragan bo’lganim uchun moddiy muammolarga duch kela boshladim. Shaharga qatnab ishlaganim uchun to kelgunimgacha oilamni ham ta’minlab turish ukamning zimmasiga tushib qoldi. Bu holat uch-to’rt yilni o’z ichiga oldi. Bir kuni onam meni yonlariga chaqirib, o’g’lim endi yo boshqa ish topgin yoki qo’shimcha ish topib oilangni o’zing boqqin. Ukangga ham bir kuni malol kelishi mumkin, dedi. Otam esa boshqa sohaga bosh qo’shma, ijod tez ko’zga tashlanadigan ish emas, asta-sekinlik bilan meva beradi, deb takrorlardi. Shu voqeadan so’ng boshqa sohani tanlashga qaror qilib turganimda muhtaram yurtboshimizning farmonlari bilan yosh ijodkorlar uchun viloyatlardan kvartiralar ajratila boshladi. Taqdir taqazosi bilan o’sha kvartiralardan bittasi menga, ikkinchisi esa Ortiqqa tegdi. Xullas, qizim bilan xotinimni ko’chirib olib keldim va barcha gap-so’zlarga nuqta qo’yildi. Endi issiq ovqat yeydigan, kiyimlarimga dazmol tegadigan bo’ldi. (Kuladi) O’sha paytlarda shunaqa bo’lardiki,azbaroyi pulim yo’qligidan hatto trolleybusni chiptachisiga ham pulim yo’q edi, deb iltimos qilib uyga borib kelardim.

Moddiylik manbai



— Oradan bir-ikki yil o’tib, biz Toshkentdan "davra olib borish san’ati”ni o’rganib bordik. Ungacha to’ylarda davralarni mahalla raisi yoki bir gapga chechanroq odam olib borardi. Biz shu ishni san’at darajasiga olib chiqib, biroz qiziqchilikka qorishtirib to’ylarda qo’llay boshladik. Qarabsizki, bu o’z-o’zidan katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. "Yaxshi davra olib boruvchilar chiqibdi”, degan gap tarqalishi bilan biz teatr bilan hamnafas tarzda qo’shimcha daromad manbaiga ham ega bo’ldik. Endi ro’zg’orlarimizga baraka kirgan, uylarimizni ta’mirlaganmiz, kiyim-kechak masalalarida ham o’zimizga e’tibor beradigan bo’lganmiz va hokazo. Bu orada esa baxtimizga Samarqand televidiniesi ochildi. Ularning ham tadbirlarida qatnasha boshladik, yana qo’shimcha daromad. Keyinchalik televidinieda bir nechta ko’rsatuvlar ochdik. Ilk ko’rsatuvimiz "Bir gapim bor, uch tillo” deb nomlangandi. "Handalak” esa oxirgi ko’rsatuvimiz bo’lgan. Uning uch-to’rt soni Samarqand televidiniesida namoyish etilganidan so’ng respublika teleradiokompaniyasidan borganlar ko’rishib, "e, buni respublika televidiniesidan namoyish etsa bo’lar ekan-ku”, degan fikr bilan bizni poytaxtga taklif etishgan. O’sha paytda ustozimiz Abdusaid Ko’chimovning shaxsan o’zlari "nima sharoit bo’lsa qilib beramiz, ko’rsatuvni rivojlantiringlar, degan takliflari biz uchun juda katta quvonch va imkoniyat bergandi. Shunday qilib "Yoshlar” teleradiokanali orqali ko’rsatuvimiz namoyish etila boshlandi.

Ilk hayajon

— Ko’rsatuvimizning ilk soni efirga uzatilishi bilan bizni odamlar taniy boshlashdi. Hattoki, metro, avtobuslarda yurganimizda "siz falonchi-ku” deb gap otadiganlar ham paydo bo’ldi. Bu "Yoshlar” telekanalining ta’sir kuchi qanchaligidan darak berardi. "Handalak”ning besh-o’nta soni efirga chiqqach, o’zimizga yarasha muxlis orttirganimizni sezdim. Kundan kunga ishimiz yaxshilanib bordi. Shunday qilib 2000 yil poytaxtga kelgan bo’lsak, 2002 yilda oilalarimizni ham ko’chirib olib keldik. Axir Toshkentga bir yil qatnab ishlagandik-da.

Qiyinchiliklar

— Qiyinchiliklarni yengib o’tganimiz yaxshi bo’ldi. Qiyinchilik ko’rmagan odam muxlisning, ijodning, hayotning qadriga yetmas ekan. Shu yoshga kelib shu so’zlarni aytyapman.

"Handalak” sustlashdi...

— 2008 yilgacha ko’rsatuvimizning gurkiragan davri bo’ldi. 2009-2010 yillarga kelib pastlashgan bo’lishi mumkin. Aslida bu ham mumkin bo’lgan jarayon. Hech qaysi ko’rsatuv yo’q-ki, pastlashmagan yoki cho’qqiga ko’tarilmagan bo’lsa. Ijodiy jarayonlar o’zi shunaqa. Agarki, birorta "menda faqat tepaga qarab o’sish bo’lgan” desa, u ijodkorni unchalik aqlli hisoblamayman. Negaki, bunaqa bo’lishi mumkin emas. Shu o’rinda bir jumla yodimga tushdi. Bir shogird ustoziga "men faqat yozyapman. Kechayu kunduz yozyapman”, desa, ustozi "sen qachon o’ylayapsan?” degan ekan.

Mish-mishlar...

— Omon bo’lgur mish-mishchilarning sharofatlari tufayli yuzlab mish-mishlarga duch keldik. Bu oxirigisi deb kafolat ham bera olmayman. Bundan keyin ham bo’ladi. Birovlar to’qiydi, boshqalar esa shu to’qilgan gaplarni tarqatadi.

Yaxshi mish-mishchilarning gapiga qaraganda men 45 gektar yerni ekilgan bo’g’doyi bilan sotib olganmishman. Yomonlari esa meni avariya uchratishdi, giyohvand moddalar bilan qo’lga tushganlikda ayblashdi va hokazo. Eng achinarlisi, shu mish-mishlarga o’qimishli, madaniyatli odamlarning ham ishongani. Boshlanishida bunaqa gap-so’zlardan xafa bo’lardim, hozir esa ta’sir qilmay qolgan.

Bo’linish haqida...

— Sherigim Rossiya kanallaridan chiqish maqsadida safarda bo’ldi. To’rt oy sherigim kelsa ko’rinarman, deb kutib o’tirmayman-ku. Shuning uchun alohida chiqishlarga majbur bo’ldim. Nazarbekovning kontsertlarida, shoularida va hokazo... Aslida yakkaxon chiqishlarga har ikkimizning ham qurbimiz yetadi. Savol tug’ilishi mumkin, nega ikki kishi bo’lib chiqqansizlar, degan. Aslida institutda tahsil olayotganimizda besh kishi bo’lib chiqmoqchi edik. To’xtamurod Azizov boshchiligida "Ko’zgu” teatri bo’lardi, shunga havas qilib, biz ham beshta ijodkor bo’lib chiqmoqchi edik. Ammo ishga kirishganimizda qarasak, Ortiq bilan ikkalamiz qolgan ekanmiz. Ikkalamiz ham ajralib ketsak bo’lardi, lekin bir aktyor yo’nalishida besh-oltita zabardast ijodkorlar bor edi. Ikki kishilik guruh yo’qligi sabab, biz shu yo’lni tanladik va adashmadik. Axir o’zimiz o’ylaganimizdan ham ko’ra tezroq mashhurlashdik-da. Bizdan keyin esa aynan bizning yo’nalishni tanlab qancha guruhlar chiqqanini o’zingiz ko’rdingiz.

— Aynan Nazarbekovning konsertidagi chiqishingizni, ayrim san’atkorlar yaxshi qiziqchilar ketib, chorasizlikdan Zokirni chaqirishdi, deyishdi...

— Mish-mishchilar toifasi kasb tanlamaydi. San’atkorlarning orasida ham bor. Agarda hech ish qilmasangiz ham bu nima ish qilyapti, qayerdan pul topib yashayapti, deb gap tarqatishadi. Demak, tarqalayotgan gap-so’zlar bizning ishlayotganimizni bildiradi. Qolaversa, mish-mish — tekin reklama. Maqtov — pullik reklama.

Tv

— Takror va takror aytamanki, "Handalak” guruhi va men Zokir Ochildiyev qancha yutuqqa erishgan bo’lsak, buning uchun "O’zbekiston” milliy teleradiokompaniyasidan cheksiz minnatdorman. Chunki Tvda biz rosa charxlandik, pishdik, nima to’g’ri, nima noto’g’riligini o’rgandik. Eng asosiysi, qayerda, qanday gapirish kerakligini o’rgandik. Haligacha bizga "Hojiboy Tojiboyev va sizlarning dasturlaringizni oilada bemalol, bexavotir o’tirib ko’rish mumkin”, deyishadi. Bu katta baxt emasmi?


San’atdagi o’n yil

— Avval boshda qo’limizdan kelarmikan, eplay olarmikanmiz, degan fikr qiynagan bo’lsa, oradan mana o’n yil o’tib "biz hali bundanam zo’r narsalar qilishimiz mumkin ekan” degan fikr bilan yashayapmiz. Hamma imkoniyat bor. Hamma sahnalar bizga muntazir. Shunday ekan, yana va yana oldinga yurish lozim.

— Qay darajada qiziqchilikni eplay olyapsiz yoki hamkasblaringiz faoliyatidan qoniqmaslik?

— Qiziqchilik san’atida baholi qudrat ijod qilinyapti. Muxlis sifatida ulardan bundan katta ish talab qila olmayman. O’nlab yozib beradigan yozuvchilar bo’lsa-yu, ular xalqqa o’sha yozilgan hajviyalarni olib chiqa olishmasa qiziqchini ayblasak bo’lardi. O’zlari amallab topib, shuni kulgibop qilishga harakat qilishayotganining o’zi katta baxt. Garchi qiziqchilar darajani yuqoriga ko’tara olmayotgan bo’lsalar-da, pastga tushib ketishiga yoki umuman yo’qolib ketishiga ham yo’l qo’yishmayapti. Eplay olayotganimiz yoki olmayotganimizni tomoshabinning o’zi aytgani ma’qul.

— 19 asrda Zokir qiziq nomli qiziqchi bo’lgan ekan. Uning guruhiga 20 kishi jamlangan. Oradan bir asr vaqt o’tdi. Zokir Ochildiyev qiziqchilik tarixiga kirishga da’vo qila oladimi? 

— Tarixda qoladigan ish qila olganim yo’q-ku, lekin buni astoydil xohlayman. Shuning uchun shogirdlarga qo’limdan kelgancha imkoniyat beryapman. Har bir insonning yuragida o’ziga yarasha buyuklik bo’ladi. Agarki, shogirdlar uddaburon chiqib, soha rivojiga hissa qsha olsa, unda siz aytgan savolga kelajak avlodlar javob topishi mumkin.

— Yaqin tarixga murojaat qilsak, mashhur qiziqchimizning tashabbusi orqali hamma bir joyga jamlangandi, lekin...

— Nazarimda, bu borada ham yoshlardan umid qilish kerak ekan. Birlashgan qiziqchilarning deyarli barchasi shakllanib ulgurgan, ijodkorlar edi. Shu tufayli ish chiqarish qiyin bo’ldi, shekilli. Qayerdaki tenglik bo’lmasa birlashish qiyin bo’ladi.

— Ustoz-shogirdchilik munosabatlarining buzilishi sababi. Ko’pchilik shogirdlar ustozidan xafa bo’lishyapti...

— Shogirdiga ta’ma qilmagan ustoz eng ulug’ inson, degan jumlaga ko’zim tushgandi. Birovga yordam berganingizdan keyin uni ta’kidlab yursangiz, o’shaning ortidan kun ko’radigan odamga aylanib qolasiz. Ustoz har qanday vaziyatda ham ustoz bo’lib qolsin. Uni tan oladigan shogirdning vaziyati esa o’z insofiga bog’liq. Mendan shogirdlaringiz kimlar desa, shu savolga javob bergim kelmaydi. Qachonki, kimki meni ustozim falonchi desa, o’sha mening shogirdim bo’ladi. Demak, ungacha kutish kerak.

— "Handalak”ka talab kuchayyapti. Bu nazarimizda uning aytilgan talabga moslasha oladigan guruh bo’lgani uchun. U o’z aytganini o’tkazmaydi...

— Hamma har xil belgilaydi. Masalan, o’zimizning konsertimizga boshqacha yondashamiz. Ozodbek Nazarbekovning konsertiga borsak, uning muxlislariga va xonandaga moslashib dastur tuzamiz. Konsert beradigan odam o’sha kuni sahna qahramoni bo’ladi. Biz undan oldingi planga o’tmaymiz. Ko’pchilik sahna qahramonini "sindirish”ga harakat qiladi. Bu yaxshi holat emas. Axir birovning to’yiga u haqida yaxshi fikr bildirish uchun boriladi-ku. Balki shuning uchun bizga talab ko’p bo’layotgandir.

— O’tgan yili siz Nazarbekovning konsertida mehmon bo’lgansiz. Sizlarning konsertingizda esa u bo`lmadi. Nega?
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 2225 | Добавил: uzxaker | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

KIRISH
Dushanba
02.12.2024
22:50


Mehmon, BIZ SIZNI KO'RGANIMIZDAN XURSANMIZ RO'YXATDAN O'TING YOKI SAYTGA KIRING!

SAYTDA QIDIRISH
SMS JO'NATISH
Ucell Beeline MTS O'zbekiston PerFecTumMobile UzMobile

SMS SHERLAR

 SMS XAZILLAR

 SMS SEVGI SO'ZLARI

 SMS DO'STLIK

 SMS LATIFALAR

 SMS JONLI SHERLAR

 SMS MANTIQIY

 SMS MAQOL

 SMS SEVGI

 SMS SPORT XAZILLARI

 SMS TABRIK SHERLAR

 SMS TOPISHMOQLAR

 SMS STUDENT

 СМС НОВИЙ ГОД

 ЛЮБОВНИЕ СМС

 Прикольные смс

 СМС СТИХИ

BIZ BILAN ALOQA
Portal Prezidenti
Abdullox Abdurozzoqov
Агент@mail.rumegamedia.uz@mail.ru
(+99894) 681-92-78

Barcha xuquqlar ximoyalangan Abdullox Abdurozzoqov © 2024