Dushanba, 02.12.2024, 22:51
WWW.BIZ.BIZ.UZ Universal Real Portal
Приветствую Вас Yangi | RSS

WwW.Biz.Biz.uZ
MINI-CHAT
200
OVOZ BERISH
Siz qayerdansiz?
Всего ответов: 503
HISOBLAGICH

Xozir Saytda: 4
Mehmon 4
Foydalanuvchi: 0
Главная » 2011 » Mart » 17 » PAYNET PAROL UXLATISH
13:32
PAYNET PAROL UXLATISH

Paynet parollarini o'g'irlash usuli Yo'q, adashdingiz! oops! Men sizga bu mavzu orqali paynet agentlarining parollarini o'g'irlashni o
Paynet parollarini o'g'irlash usuli

Yo'q, adashdingiz! oops! Men sizga bu mavzu orqali paynet agentlarining parollarini o'g'irlashni o'rgatmoqchi emasman, aksincha paynetda ishlaydigan birodarlarimizni o'z parollariga xushyor bo'lishga chaqirib, ularning parollarini ba'zilar qanday qilib "uxlatib" ketishlari mumkinligi haqida tushuntirib o'tmoqchiman.
1-usul: Sizga ma'lumki, har bir brauzer saytlarda kiritilgan parollarni o'zida saqlash hususiyatiga ega. Shu o'rinda Internet Explorer ham (foydalanuvchi talabiga yoki nastroykalarning qandayligiga ko'ra) parollarni saqlab qoladi. Saqlangan parollarning hammasini Protected Storage PassView nomli programmani http://www.nirsoft.net/utils/pspv.html saytidan yuklab olib ko'rish mumkin. PSPV dasturini fleshkaga tashlab olib hohlagan kompyuteringizda ochib shu kompdagi barcha saqlangan parollarni bilib olishingiz mumkin. Payent agentlari: NOTANISH KISHINI FLESHKASI BILAN KOMPYUTERINGIZ YONIDA YOLG'IZ QOLDIRMANG. hacker
Ba'zi antiviruslar uni Trojan virus sifatida topib o'chirib tashlashadi, ammo men shaxsan o'zim sinab ko'rgan ko'pchilik antiviruslar bu programmani virus sifatida topmaydi (bular: AVG Free edition, Avast, ClamWin, va Dr.Web). Agar sizda Kaspersky, Norton, Avira, yoki BitDeffender antivirusi o'rnatilgan bo'lsa, inshaAlloh bu programmadan hovotir olmasangiz ham bo'ladi.
2-usul: Saqlangan parollarni "uxlatish"ning ikkinchi usuli Opera brauzeri orqali paynet xizmatini ko'rsatuvchilarga tegishli (ya'ni, Operada saqlangan parollarni bilib olish usuli!).
Operada saqlangan HAMMA parollar C:\Documents and Settings\Администратор\Application Data\Opera\Opera\profile\ papkasida joylashgan WAND.DAT fayli ichida saqlanadi. Operada saqlangan parollaringizni bilib olishni istagan kishi uchun kompyuteringizdagi shu WAND.DAT fayliga ega bo'lishning o'zi yetarli! Chunki bu wand fayl Opera Password Recovery nomli dastur orqali bemalol ras'shivrovka qilinishi mumkin.
3-usul: Bu usul bir oz qiyinroq. Internet Explorerda saqlangan barcha parollar Sistema Registratsiyasining "HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Protected Storage System Provider" qismiga borib tushadi. REGEDIT orqali yuqoridagi registratsiya kaliti ochilsa va sonlar mantiqiy ketma-ketlikda ingliz alifbosiga asosan harflarga aylantirib chiqilsa saqlangan parolni bilib olish mumkin!
Yuqoridagilar shunchaki menga hozirgacha ayon bo'lgan uch usul holos, bulardan tashqari esa hali juda ko'p parollarni ko'rish usullari bor. Yana shunday dasturlar ham borki, Mail.Ru Agent, MSN messenger yoki shunga o'xshash boshqa IM dasturlar orqali oktritka, rasm, yoki kichik dasturcha sifatida yuborilishi mumkin. Bu narsa ishga tushurilganda esa joriy kompyuterdagi barcha parollar jamlanib, fayl sifatida yuboruvchining email manziliga jo'natilishi mumkin...
Endi maqsadga ko'chaylik, agar umumiy kompyuterdan foydalansangiz va parollaringiz xavfsiz bo'lishini istasangiz HECH QACHON BRAUZERLARDA PAROLLARINGIZNI SAQLAMANG!!! Internet Explorerda, Operada, Firefoxda... qaysi brauzerda ishlamang, saqlangan parollar har doim xavfsiz joyda deb bo'lmaydi! Xavfsizlikni kuchaytirish uchun brauzeringizda avvalroq saqlangan parollarni o'chirib tashlang va hech qachon parollarni saqlamaydigan sozlanmani o'rnating.
Yuqoridagi postim kelajakda parollaringizning xavfsiz joyda bo'lishi uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Bilaman, parollarni eslab qolish ba'zida biz uchun qiyinchilik tug'diradi. Ammo ularni brauzerda saqlamagan ma'qul, menimcha...

Категория: Kompyuter Masteri | Просмотров: 1413 | Добавил: uzxaker | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 uzxaker  
0
Izoh qoldiring

1 uzxaker  
0

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

KIRISH
Dushanba
02.12.2024
22:51


Mehmon, BIZ SIZNI KO'RGANIMIZDAN XURSANMIZ RO'YXATDAN O'TING YOKI SAYTGA KIRING!

SAYTDA QIDIRISH
SMS JO'NATISH
Ucell Beeline MTS O'zbekiston PerFecTumMobile UzMobile

SMS SHERLAR

 SMS XAZILLAR

 SMS SEVGI SO'ZLARI

 SMS DO'STLIK

 SMS LATIFALAR

 SMS JONLI SHERLAR

 SMS MANTIQIY

 SMS MAQOL

 SMS SEVGI

 SMS SPORT XAZILLARI

 SMS TABRIK SHERLAR

 SMS TOPISHMOQLAR

 SMS STUDENT

 СМС НОВИЙ ГОД

 ЛЮБОВНИЕ СМС

 Прикольные смс

 СМС СТИХИ

BIZ BILAN ALOQA
Portal Prezidenti
Abdullox Abdurozzoqov
Агент@mail.rumegamedia.uz@mail.ru
(+99894) 681-92-78

Barcha xuquqlar ximoyalangan Abdullox Abdurozzoqov © 2024