Sizga xat yozishimdan yagona
maqsadim ayni paytda qalbimga
sig'may, menga ancha vaqtdan
buyon tinchlik bermay
kelayotgan xis-tuyg'ularim
xaqida yana bir bor bo'lsa-da,
gapirib berishdir.
Ochig'ini aytsam, bu
tuyg'ularimni xech qachon Sizga
to'liq tushuntirib bera olmasam
kerak, chunki ular shuqadar
tezlik bilan meni o'ziga
buysundirib oldiki, xatto bu
tuyg'u nima ekanligiga dastlab
uzim xam tushuna olmay koldim.
Biroq, keyinrok, men xaqiqatdan
xam Sizni SEVIB qolganimni
anglab yetdim, yana xam
tug'risini aytsam, TAN OLDIM.
ism......, balki shu paytga kadar
Sizga bu kabi dil izxorlari juda
ko'p marta bo'lgandir. Balki Siz
mening bu gaplarimni o'kib
xayron qolayotgan, kulayotgan,
jaxlingiz chikayotgan,
zerikayotgan yoki... xullas
bilmadim. Ammo bir narsani anik
ayta olamanki, men xozir shu
paytgacha bo'lmagan allaqanday
g'alati bir xolatga tushib
kolganman.
Kechalari soatlab Siz bilan
o'tkazilgan 3-5-daqiqalik
suxbatni yoki Sizga alokador
qandaydir mayda-chuyda
voqealarni birma-bir esga
olaman.
Sizni ko'rdim deguncha, xuddi
davlat imtixoniga kirib
ketayotgan o'quvchidek qattiq
xayajonga tushaman. Ochig'i,
nima qilarimni bilmay
qoldim.Men Sizni tushunaman.
Avvalo, men xakimda qanday
fikrda ekanligingizni xam
bilmayman. Shuning uchun,
menga birgina imkon bering.
Sizning ishonchingizni oqlash
uchun imkon bering. Sizdan
suraydigan yagona iltimosim
shu. Fakat, meni xozirgacha men
baxra olayotgan baxt
(masalan, Sizning ovozingizni
eshitish yoki kulganingizni
ko'rish baxti)dan maxrum
kilmasangiz bo'lgani.
Menga shuning o'zi xam yetarli.
ism.......
Tug'ri, sevgi aqlning emas, balki
ko'ngilning ishi. Ya'ni
aytmokchimanki, sevish uchun
miya kerak emas, balki yurak
kerak. Odatda, sevgi maktublari
turli she'rlar, shoirona gaplar
bilan yoziladi. Men bunday yoza
olmadim. To'g'risini aytsam, men
bor fikru xayolimni bir joyga
yig'ib, xammasini chuqur
o'ylabko'rdim. Va mening oxirgi
xulosam Siz mening xayotimga
aylanishingizga ishondim.
Mening yuragimdan chiqgan gap
mana shu.Ushbu maktubni
o'qishga ajratgan vaktingiz va
e'tiboringiz uchun raxmat, deb
xurmat bilan, oshig'ingiz ism......